» » Qoraqalpog‘istonda YHXB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga jazo tayinlandi (video)

Qoraqalpog‘istonda YHXB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga jazo tayinlandi (video)


Shu yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda haydovchi YHXB xodimi va turmush o‘rtog‘ini kaltakladi” mazmunidagi video tarqalgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qonliko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov 2017-yil 22-may kuni soat 20:30 atrofida A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotganda qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi A.Utemuratovdan tegishli hujjatlarini so‘raganida, haydovchi hech qanday hujjat ko‘rsata olmaydi.

Inspektor mashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘ymoqchi bo‘lganida haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qo‘pol munosabatda bo‘lib, xodimning xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuboradi.

Holat yuzasidan 2017-yilning 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonliko‘l tuman jinoyat ishlar bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Utemuratov Azamat Yernazar o‘g‘li Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, unga nisbatan 360 soat majburiy jamoatchilik ishi jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют