» » Janubiy Koreyada O‘zbekistonning turizm brendi namoyish etildi 

Janubiy Koreyada O‘zbekistonning turizm brendi namoyish etildi 


Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va xususiy sayyohlik kompaniyalari vakillari 14—17-iyun kunlari Seulda bo‘lib o‘tgan Kotfa 2018 sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyish etuvchi rang-barang va yorqin stend ko‘rgazmaga kelganlar e’tiborini tortdi. Jumladan, ushbu ko‘rgazma tashkilotchisi bo‘lgan Kotfa kompaniyasi rahbari O‘zbekiston stendini shaxsan ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, 33 yillik tarixga ega mazkur ko‘rgazma Janubiy Koreyadagi eng yirik xalqaro sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi. Unda 70 ga yaqin mamlakat o‘zining turizm imkoniyatlari va madaniyatini namoyish etib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют