» » Samarqandda soxta tashakkurnomalar yozdirib olingan fuqarolarga gaz ballonlari tarqatildi

Samarqandda soxta tashakkurnomalar yozdirib olingan fuqarolarga gaz ballonlari tarqatildi


Samarqandda soxta tashakkurnomalar yozdirib olingan fuqarolarga gaz ballonlari tarqatildi, deya “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

2-avgust, payshanba kuni Samarqandning Paxtachi tumani hokimligida Jamoatchilik nazorati guruhlari ishlarining natijasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mahalliy boshqaruv idoralari vakillarining faoliyatini tanqid qilib, fuqarolardan soxta tashakkurnomalar yozdirib olinganini aytgan. Jumladan, gaz ballonlari yetkazish bo‘yicha 37 ta, qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha 4 ta, ishga joylashtirish bo‘yicha 9 ta soxta tashakkurnoma yozdirib olingan.

Paxtachi tumanida soxta tashakkurnoma yozdirilgan fuqarolarga gaz ballonlari yetkazib berildi. Jumladan, tumandagi Saroy mahallasidagi xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlari topshirildi.

Shuningdek, viloyat hududiy gaz ta’minoti filiali tomonidan 3 nafar kam ta’minlangan oilaga gaz plitasi ham qo‘shib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют