» » Yanvar-iyulda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-iyulda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd dollarni tashkil etdi


2018-yil yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 17,8 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga o‘sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 7,6 milliard AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) va import hajmi deyarli 10,2 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

2018-yil yanvar-iyul oylarida eksport hajmi 7,6 milliard AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 77,8 foizni tashkil etib, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (19,2 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 foiz), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,9 foiz) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida import hajmi 10,2 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) teng bo‘ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar (39,4 foiz), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4 foiz) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (9,6 %) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

2018-yilning yanvar-iyul oylarida respublikaga 145 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 ta eng yirik bo‘lgan Rossiya, Xitoy , Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 6264,5 million AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,7 foizini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют