» » O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi


“Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan tayyorlandi.

Loyihada fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri bazasi asosida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berish nazarda tutilgan.

Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2019-yil 1-yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Shuningdek, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqiladi.

2019-yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmati joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют