» » Rossiyada 1 kilogrammdan ortiq geroinni sotmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi

Rossiyada 1 kilogrammdan ortiq geroinni sotmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi


Rossiyaning Bryansk shahrida bir kilogrammdan ortiq geroinni sotishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Repost.

Ayol yanvar o‘rtalarida anonim ish beruvchi bilan kelishilgan holda Bryanskka kelgan, ammo shu kuniyoq viloyat ichki ishlar boshqarmasi narkotiklar aylanmasi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingan. Politsiyachilar gumonlanuvchidan bir kilogrammdan ortiq geroinni musodara qildi.

O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “O‘ta yirik miqdordagi narkotik vositalarni noqonuniy sotishga urinish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. U 1 million rublgacha jarima hamda 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni ko‘zda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют