» » Samarqand shahrida Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 70 taga yetdi

Samarqand shahrida Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 70 taga yetdi


Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar boshqarmasi tomonidan aholiga innovatsion texnologiyalar va zamon talablariga mos ravishda ko‘rsatilib kelinayotgan xizmatlar soni 70 taga yetkazildi. Joriy yil oxirigacha xizmatlar sonini 100 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar boshqarmasi tomonidan 34 112 nafar aholiga Davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 5 300 tani tashkil qilgan.

“Davlat xizmatlari markazlari — aholiga barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladigan o‘ziga xos maskanga aylandi. Eng muhimi, xizmat markazlari orqali so‘nggi paytlarda salbiy illatga aylangan korrupsiya masalasiga barham berish uchun yaxshi omil bo‘lib xizmat qilmoqda, deydi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar boshqarmasi hujjatlarni qabul qilish va tarqatish bo‘limi boshlig‘i Alijon Yusupov. — So‘nggi paytlarda aholining elektron raqamli imzo hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan murojaatlari ortgan”.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulkiy huquqini e’tirof etish bo‘yicha ham bir martalik aksiyalar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda bir oy mobaynida kelib tushgan 605 ta murojaatning hozirgacha 55 tasi ijobiy hal qilingan. Ayni paytda qolgan murojaatlar o‘rganilmoqda. Murojaatlar ikki ish kunida o‘rganilib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют