» » Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktorlari ma’muriy javobgarlikka tortildi

Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktorlari ma’muriy javobgarlikka tortildi


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgan bir qator maktab direktorlari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Xususan, Jomboy tumanidagi 40-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab direktori Sh. Namozova 7-iyun kuni maktab o‘qituvchilari M. Xoljigitova, G. Ergasheva va R. Suyundiqova hamda voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi M. Iskandarovani maktab sinflarini joriy ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilinganligi aniqlangan.

Sh. Namozova Mehnat kodeksining 7-moddasi talabi buzilganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining 5 baravari (861200 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, Oqdaryo tumanida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktab direktori Z. Bo‘ronova 12-iyun kuni maktab o‘qituvchisi R. Abduhamidova, X. Ravshanova va D. Eshmirzayevani maktab sinflarini joriy ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilinganligi aniqlangan.

Natijada Samarqand viloyat bandlik boshqarmasi tomonidan 22-sonli umumta’lim maktab direktori Z. Bo‘ronova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining 1 baravari (172240 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Samarqand viloyat Bandlik boshqarmasi davlat mehnat huquqi inspektori Gamlet Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, joriy yilning fevral-sentabr oylarida 81 nafar fuqaro mehnat huquqi buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan. Murojaatlarning barchasi o‘rganlib ijobiy hal qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют