» » Surxondaryoda qalbaki 50 ming so‘mlik pullarni o‘tkazishga uringanlar jazoga tortildi

Surxondaryoda qalbaki 50 ming so‘mlik pullarni o‘tkazishga uringanlar jazoga tortildi


Surxondaryoda qalbaki 50 ming so‘mlik pullarni o‘tkazishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining 2019-yil 30-yanvardagi hukmi bilan surxondaryolik uch nafar shaxs JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni qalbaki pul o‘tkazganligi uchun aybdor deb topildi.

Sh.N., Ch.B. va D.U. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo ob’ektlari va boshqa joylarda o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi. Ular 2018-yil 13-sentabr kuni soat 10:30 atrofida Qiziriq tumani, “Obod yurt” mahallasida joylashgan mol bozorida D.P.dan bir bosh sigirni 5 million so‘mlik kupyuradagi qalbaki pul evaziga sotib oladi. D.P. pullar unda shubha uyg‘otganligi sababli bu haqda IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qo‘lga olingan.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, ushbu pul mablag‘lari Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat ishi mavjud).

Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm chiqardi.

Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan 184 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar yo‘q qilinishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют