» » “Yuventus” portugaliyalik 19 yoshli futbolchi uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyor

“Yuventus” portugaliyalik 19 yoshli futbolchi uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyor


Turinning “Yuventus” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi, deb xabar beradi AS.

19 yoshli xavbek turinliklarning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. “Yuventus” futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor. Aynan mazkur summa uning shartnomasida tovon sifatida ko‘rsatilgan.

“Byankonerilar” sport direktori Fabio Paratichi Feliksga bo‘lgan qiziqishlari haqida “Benfika” rahbariyatiga allaqachon ma’lum qilgan. Ularning uchrashuvida futbolchining agenti Jorje Mendesh ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari Feliksga “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real” va “Atletiko” ham da’vogarlik qilmoqda, biroq futbolchi bilan shartnoma tuzish borasida “Yuventus”da imkoniyatlar yuqori baholanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют