» » Yevropa Ligasi. “Chelsi” “Dinamo K”ga safarda javobsiz beshta gol urib, chorak finalga chiqdi (video)

Yevropa Ligasi. “Chelsi” “Dinamo K”ga safarda javobsiz beshta gol urib, chorak finalga chiqdi (video)


14-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki 3 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi safarda Kiyevning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 5, 33 va 59-daqiqalarida Olivye Jiru het-trikka erishdi. 45-daqiqada esa Markos Alonso Kallum Xadson-Odoi uzatmasini golga aylantirdi (4:0). 78-daqiqada 3-golga assistentlik qilgan Kallum Hadson-Odoi ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (5:0).

Shu tariqa London klubi safarda kechgan bahsda “Dinamo Kiyev”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:0) va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 8:0 ko‘rinishiga keldi.

Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli” klubi Avstriyaning “Zalsburg” jamoasi maydoniga safar qildi.

O‘yinning 14-daqiqasida neapolliklar yetakchisi Arkadiush Milik hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib avstriyaliklar hujumchisi Munas Dabbur hisobni tenglashtirdi (1:1).  65-daqiqada esa Fredrik Gulbrandsen mezbon jamoani hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Kristof Lyaytgeb jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa Italiya klubi mehmonda “Zalsburg”ga yutqazdi (1:3), biroq umumiy hisobda “Napoli”ning qo‘li baland keldi va musobaqaning 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (4:3).

Yevropa Ligasi

1/8-final bahslari

14-mart, payshanba

Gollar: 0:1 — 5 Jiru, 0:2 — 33 Jiru, 0:3 — 45 Alonso, 0:4 — 59 Jiru, 0:5 — 78 Xadson-Odoi

Gollar: 0:1— 14 Milik, 1:1— 25 Dabbur, 2:1 — 65 Gulbrandsen, 3:1 — 90 Lyaytgeb

Gol: 1:0 — 85 Sulaymonov, 1:1 — 90 Guedes

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют