» » Ozbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish, saqlash, sotish boyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xojaligi birlashmalari tashkil etiladi

Ozbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish, saqlash, sotish boyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xojaligi birlashmalari tashkil etiladi


Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xojaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori (PQ-4239, 14.03.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq:

ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va ozaro bogliq qishloq xojaligi korxonalari, fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining kooperatsion birlashish instituti yaratiladi;

20192020-yillarda tajriba-sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish boyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun Gallaorol, Zomin, Bulungur, Urgut, Oltiariq, Quva, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xojaligi birlashmalari tashkil etiladi;

2020-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov yakunlariga kora qishloq xojaligi birlashmalarining kooperatsion birlashish institutini boshqa hududlarda ommalashtirish boyicha taklif kiritiladi.

Qishloq xojaligi birlashmalariga fermer, dehqon xojaliklari, tomorqa yer egalari shuningdek meva-sabzavotlik sohasida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda azolik badallari kiritish yoli bilan (pay) azo bolishi mumkin.

Qishloq xojaligi birlashmalari vakolatlari azolar tomonidan bevosita beriladigan vakolatlar tasis hujjatlarida belgilanadi.

Bunda qishloq xojaligi birlashmalari azolari boshqa masalalar boyicha oz xojalik faoliyatini yuritishda iqtisodiy mustaqillik va huquqiy maqomini saqlab qoladi, qishloq xojaligi birlashmalari va azolar ortasidagi munosabatlar shartnoma asosida quriladi.

Qishloq xojaligi birlashmalari azolarining yer maydonlari optimallashtirilishi va olib qoyilishi mumkin emas. Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlar boyicha azolarning yerini olib qoyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Qishloq xojaligi birlashmalari qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish va ularni almashtirish togrisidagi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-03-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -