» » Uchquduq tuman sudi 13 ta mahkumni ozodlikka chiqardi

Uchquduq tuman sudi 13 ta mahkumni ozodlikka chiqardi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi 12-mart kuni sayyor ochiq sud majlisida Navoiy viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limi 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan tayinlangan jazoni engilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq ish materiallari ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining raisi Jahongir Karimov ma’lum qildi.

Mahkumlar A. Tog‘ayev, I. Hasanov F. Choriyev, E. Niyozov, N. Narzulloyev, O. Muxammedov, A. Kamaletdinov, A. Katuntsev, K. Jamolov, N. Shkril, X. Yusupov, O. Nuraliyev, O‘. Saidovlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘talmay qolgan qismini ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, ular oila a’zolari bag‘riga qaytdi.

Sud tomonidan ularga o‘talmay qolgan jazolarini halol mehnat orqali o‘tashlik hamda kelajakda hayotlarini yaxshilanishi uchun imkoniyat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют