» » Ozbekenergo 3 ta aksiyadorlik jamiyatiga bolinadigan boldi

Ozbekenergo 3 ta aksiyadorlik jamiyatiga bolinadigan boldi


Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etiladi. Bu Prezidentning Ozbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi togrisidagi qarorida kozda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Ozbekenergo AJ bazasida:

Issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi Issiqlik elektr stansiyalari aksiyadorlik jamiyati;

Tugatilayotgan Ozelektrtarmoq UK va Energosotish filiali negizida Ozbekiston milliy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati;

Elektr energiyani yakuniy istemolchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.

Ozbekenergo AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning sohaga oid bolmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va ulushlari 20192021-yillar davomida belgilangan tartibda sotish maqsadida balans qiymati boyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Elektr energetikasi tarmogini isloh qilish boyicha komissiya ishchi organi sifatida Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi faoliyatiga elektr energetika tarmogini isloh qilish sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-03-2019, 08:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -