La Liga. “Barselona” bugun “Ueska”ni sinovdan o‘tkazadi, “Atletiko” esa “Selta” bilan o‘ynaydi (anons)
13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-tur o‘yinlariga start beriladi.
Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Ueska”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayted”ni Lyuk Shouning avtogoli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
Shu kuni musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida “Selta”ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 21:30 da start oladi. Ma’lumot uchun, Diyego Simeone shogirdlari musobaqaning 31-turda “Barselona”ga 0:2 hisobida yutqazgandi.
15-aprel, dushanba kuni turning so‘nggi o‘yinida Zinedin Zidan boshqaruvidagi “Real Madrid” jamoasi “Leganes”ga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash joiz, “Qirollik klubi” oxirgi turda “Eybar” ustidan g‘alaba qozongandi (2:1).
31-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
La Liga
32-tur bahslari
13-aprel, shanba
14-aprel, yakshanba
15-aprel, dushanba
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz