» » O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi biznes-forumda qatnashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi biznes-forumda qatnashdi


Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida “Sankt-Peterburg — Rossiya va chet el hududlari” XI Peterburg kichik va o‘rta biznes partnyoriatida qatnashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Partnyoriat chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi taqdimotini o‘tkazdi.

Forum ishtirokchilari “Angren” EIZda investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgga tashrifi davomida shuningdek, qator korxonalarni borib ko‘rdi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi va bir nechta bitim imzoladi.

Partnyoriat — iqtisodiy hamkorlik va xalqaro, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sohasida Sankt-Peterburgda har yili o‘tkaziladigan eng yirik kongress-ko‘rgazma tadbirlaridan biri.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют