» » Yana bir bola oqqondan aziyat chekmoqda. U siz-u bizning yordamimizga muhtoj

Yana bir bola oqqondan aziyat chekmoqda. U siz-u bizning yordamimizga muhtoj


2013-yil 6-oktabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan Shahzodbek Davlatovga 2018-yilda poytaxtda joylashgan Gematologiya markazidagi shifokorlar tomonidan o‘tkir limfoblastli leykoz, V2-turi, 1-faol davri (oqqon) tashxisi qo‘yilgan.

Beg‘ubor bolalikning eng shirin damlarini Shahzodbek og‘ir dard bilan o‘tkazmoqda.

“Farzandim Shahzodbekni 2018-yil 1-martidan beri betobligi sabab shifoxonalarda davolatib kelyapman. O‘zim aslida, Xorazm viloyatining Xiva tumanidan bo‘laman. Urganchdagi bolalar shifoxonasining lor bo‘limida tekshirishib, farzandingiz tomog‘idan bironxit bo‘lgan deb farzandimga noto‘g‘ri tashxis qo‘yib, uni operatsiya qilishdi.

Farzandim bu operatsiyadan so‘ng bir muddat hushiga kelolmadi. U shifoxonada bir hafta davomida davolanishiga qaramay, sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmadi. Tana harorati 40 dan bir muddat tushmadi.

Shundan keyin Urganchdagi Gematologiya bo‘limida 2018-yil 7-mart kuni tahlil topshirdik. Tahlil natijalari shu kunni o‘zida chiqdi. Shifokorlardan farzandimda oqqon kasalligi alomatlari borligini eshitib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Bir hafta Urganchdagi Gematologiya bo‘limida davolatib, qon va plazma quydirdik.

Biroz o‘ziga kelgach, 2018-yil 13-mart kuni Toshkentdagi Gematologiya markaziga olib keldik. Bu markazda farzandimdan olingan tahlillaruning oqqon kasalligiga chalinganligini tasdiqladi. Bir yildan ortiqroq paytdan beri davolanish muolajalarini olib kelmoqda.

Orzulari osmon o‘g‘limizni, ko‘zimizning oq-u qorasi Shaxzodbek. Bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Lekin bu kasallikning davolanishi uzoq muddatli va dorilari qimmat bo‘lgani sababli moddiy taminotdan katta miqdorda pul ketar ekan. Bu uzluksiz davolanishlar, ximiyaterapiyalar bolamizni ham, bizni ham juda charchatib qo‘ydi”, — deydi Shahzodbekning onasi.

Dorilari juda xam qimmatligi, oilani 40 million so‘mdan ortiq bo‘lgan qarzdorliklari sabab kurslarni davom ettirishga, dorilarni olib berishga va ijara haqini to‘lashga onasi Dilrabo Yunusovaning imkoniyati yetmay qolgan. Oilaning qarindosh-tanishlardan olingan qarzlarini miqdori ko‘pligi sabab oilaning tinchi buzilgan. Dilrabo opaning turmush o‘rtog‘ining ham salomatligi yaxshi emas. Uning oyog‘ida varikoz kasalligi borligi sabab, og‘ir ishlarga yaramaydi.

Hozirda ona-bola Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi. Dilrabo opa farzandining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘lashga majbur. Har oy ijaraga va Shahzodbekning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti.

Shu bois Shahzodbekning oilasi ayni vaqtda moddiy ko‘makka muhtoj. Bir olam orzular bilan hayot uchun kurashayotgan Shahzodbekdan xolis yordamingizni ayamang! Unga imkon qadar xolis moddiy tomondan yordam beraylik!

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan imkon qadar Shahzodbekni sog‘ayishida xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Yunusova Dilrabo nomiga ochilgan.

Milliy bank: 8600 0207 8206 4963

Milliy bankning Urganch bo‘limida Yunusova Dilrabo nomiga ochilgan rekzivitlari: 

MFO: 00547 INN: 200900014

Omonat hisob raqami:

22618000 99009 3499003

Korxona-tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 

2312 0000 200000 547001



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют