» » Qirgiziston Qozogiston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikni toxtatdi

Qirgiziston Qozogiston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikni toxtatdi


Qirgiziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozogiston hukumati bilan kelishuvni denonsatsiya qilish togrisidagi qonunni imzoladi. Kelishuvga binoan, Qirgiziston Qozogistondan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilish doirasida 100 million dollar texnik yordam olishi kerak edi, deb xabar beradi Uz24.

Prezident imzolagan hujjatga binoan ikki mamlakat hukumatlari ortasida imzolangan qator bayonnomalar amaldan chiqarildi. Qonun Joqorgu Kenesh tomonidan 9-noyabr kuni qabul qilingan bolib, rasman chop etilgan kunidan etiboran kuchga kiradi.

Qirgiziston tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda Qozogiston hukumatini kelishuv va bayonnomalar denonsatsiyasidan boxabar etish topshirildi.

Qirgiziston tomonining aytishicha, Qozogiston hukumati bu pullarni mamlakatga ajratmagan, shu bois kelishuvni bekor qilish qaroriga kelingan.

: admin (17-11-2017, 22:02)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
:
-
:
20 ... -