» » Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i va 39-bog‘cha mudirasi ishdan olindi. Bir kun avval shu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani videosi tarqalgan edi

Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i va 39-bog‘cha mudirasi ishdan olindi. Bir kun avval shu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani videosi tarqalgan edi


Jizzax shahridagi 39-bog‘cha tarbiyachisining bolalarga qo‘l ko‘tarishi bilan bog‘liq holat yuzasidan bir guruh mas’ullar ishdan olindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

30-mart kuni internetda O‘zbekistondagi bog‘chalardan birining tarbiyachisi qo‘lidagi fayl-papka bilan bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan video tarqalib ketgan edi. Vazirlik 31-mart kuni ushbu hodisa aslida 27-mart kuni Jizzaxdagi 39-sonli “Navro‘z” maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgani, bolalarga qo‘l ko‘targan 37 yoshli tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Bolalarni fayl-papka bilan urayotgan tarbiyachi videosi Jizzaxdagi bog‘chada olingani aniqlandi. Tarbiyachi ishdan haydaldi

Tarbiyachidan tashqari, 2018-yilning 27-mart kunidan 39-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi vazifasini bajarib kelayotgan Nafisa Gulmurotova, tarbiyachining yordamchisi Dilbar Hamroyeva hamda hamshira Gulnoza Xolmamatova bilan ham tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

31-mart kuni Jizzax shahrida Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyati, Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari, Jizzax shahridagi barcha bog‘chalarning mudiralari va tarbiyachilari, jumladan, “Navro‘z” nomli 39-bog‘cha xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda bunday noxush holatlarni takrorlamaslik va har bir xodim o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘z ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Qodirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют