» » Ozbekistonda himoya qilinadigan shaxslar royxati belgilandi

Ozbekistonda himoya qilinadigan shaxslar royxati belgilandi


Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi ishchi guruhining yigilishi bolib otdi. Bu haqda Senat axborot xizmati malum qildi.

Yigilishda Oliy Majlis Senatining on yettinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar dastlabki tarzda korib chiqildi

Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, Savdo-sanoat palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mahalla fondi, shuningdek boshqa manfaatdor idoralar vakillari ishchi guruh tarkibidan joy oldi.

Yigilishda Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish togrisidagi qonun korib chiqildi.

Takidlanganidek, hujjat jinoyat protsessi ishtirokchilarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini belgilash tartibini, ularni qollash asoslari va tartibini belgilashga qaratilgan. Qonunda himoya qilinadigan shaxslar royxati belgilab berilgan. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura organlari, bojxona organlari, sudlar ularning himoyasini taminlash togrisida qaror qabul qiluvchi tuzilmalar sifatida korsatilgan.

Shuningdek, ishchi guruh azolari Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunni ham korib chiqdi.

Qayd etilganidek, qonunda Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Mehnat kodekslari, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi, Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi togrisida, Reklama togrisidagi qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jinoiy va mamuriy qonun hujjatlariga kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalar mamlakatda jamoat tartibini mustahkamlash boyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi va tilanchilik bilan shugullanganlik, bunga voyaga yetmagan va keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bolgan shaxslarni va boshqa shaxslarni jalb etganlik uchun javobgarlikni belgilab qoyishga qaratilgan.

Ozgartish mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga ham kiritildi, ishga qabul qilish tartibiga va bu jarayonda ish beruvchining javobgarligiga oid ayrim qoidalar soddalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-12-2018, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -