» » Oliy sud Namanganda otkazgan sayyor qabullar davomida salkam 30 kishi ozod qilindi

Oliy sud Namanganda otkazgan sayyor qabullar davomida salkam 30 kishi ozod qilindi


Joriy yil 46-mart kunlari Namangan viloyatining Chust, Yangiqorgon tumanlari va Namangan shahar Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining orinbosari Xolmomin Yodgorov va Oliy sud sudyalari, Bosh prokuratura xodimlari aholining jinoiy, fuqarolik, mamuriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar otkazdi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

Sayyor qabullar davomida 102 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 12 kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilindi, 18 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 72 kishiga tegishliligi boyicha murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Otkazilgan sayyor qabullarda mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolarni otayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar otkazildi, 2 ta oila yarashtirildi.

Oliy sud fuqarolik ishlari boyicha sudlov hayati tomonidan 2 ta uy-joy nizosi va otalikka etiroz bildirish haqidagi fuqarolik ishlari korilib, yakuniy qaror qabul qilindi.

Jinoyat ishlari boyicha sudlar tomonidan 4 nafar shaxs birinchi instansiya sudlari tomonidan, 3 nafar shaxs apellyatsiya va 2 nafar shaxs kassatsiya instansiyasi tomonidan, jami 9 kishi sud zalidan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari boyicha Chortoq tuman sudining 2016-yil 15-avgustdagi hukmi bilan sudlanib, jazoni otayotgan mahkum, 1974-yilda Chortoq tumanida tugilgan Obidjon Hasanovning jinoyat ishi uning advokati keltirgan shikoyat asosida Oliy sud jinoyat ishlari boyicha sudlov hayati tomonidan sayyor sud majlisida korilib, O.Hasanov sud zalidan ozod qilindi.

Chust shahrida yashovchi Muzaffar Arslanov otasi Jinoyat kodeksining 167,168 va boshqa moddalari bilan sudlanib, 5 yil va olti oy muddatga ozodlikdan maxrum etilgani, hozirda jazoning yarmidan kopini otagani, jazoni otash vaqtida betob bolib qolgani, shu sababli jazoni yengilrogi bilan almashtirib berishni sorab murojaat qildi. Ariza nazorat tartibida organish uchun qabul qilindi.

Sayyor qabul kunlari axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini otayotgan 80 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida otalmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi.

Jinoyat ishlari boyicha Pop tuman sudi tomonidan Namangan viloyat IIB 6-sonli jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi otkazilib, 16 nafar shaxs jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilinib, jazoni otash uchun manzil koloniyalariga otkazildi. Bir kishining otalmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi JK 74-moddasi tartibida yengilroq jazoga almashtirilib, oilasi bagriga qaytarildi.

Uychi tumanidagi tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxslar bilan ham suhbat otkazildi. 2 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar jazoni otash uchun qaytarish belgilangan ayolning arizasi qabul qilindi. Xususan, qaramogida keksa onasi va 2 yoshli voyaga yetmagan qizi bolgan, JKning 131-moddasi bilan sudlanib, tayinlangan majburiy jamoat ishlari jazosi ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirilgan Dilnora Arapovaning shikoyati qabul qilinib, 2019-yil 6-mart kuni viloyat sudi tomonidan korib chiqildi hamda tuman sudlarining jazoni otash uchun qaytarish haqidagi ajrimlari bekor qilinib, u ozodlikka chiqarildi.

Jazoni otash tartibini buzganligim sababli 2019-yil fevral oyida ushbu jazo ozgartirilib, sud zalidan qamoqqa olingandim, deydi quvonchdan koz yoshlarini tiya olmagan D.Arapova. Jazoni ijro etayotgan joyimizga Oliy sud vakillari kelib, men va yana 15 nafar mahkumlar bilan suhbatlashdi. Boshimdan otgan holatlarni gapirib berganimda shikoyat yozishimni tushuntirishdi. Yozgan arizam shu kunning ozida, yani 6-mart kuni jinoyat ishlari boyicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida korib chiqilib, sud zalida qamoqdan ozod qilishdi. Qilgan ishimdan pushaymonman va berilgan bu imkoniyatdan togri foydalanaman. Meni kechirganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.

Namangandagi sayyor qabullar davomida jami 29 nafar shaxs ozod qilindi. Ulardan 13 nafari sud zalining ozida qamoqdan chiqarilib, oilasi bagriga qaytarilgan bolsa, 16 nafar shaxsga nisbatan jazo yengili bilan almashtirilib, jazoni otash joylaridan chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -