» » “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” xorijiy investorga sotiladi

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” xorijiy investorga sotiladi


Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi onlayn”.

Qarorga muvofiq, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftmahsulot” AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berilgan.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.

Qayd etilishicha, “PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.

Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют