» » Xorazmda fermerlar firibgarlik yoli bilan 103 mln som pul ozlashtirgani malum boldi

Xorazmda fermerlar firibgarlik yoli bilan 103 mln som pul ozlashtirgani malum boldi


Gurlan tumanida yashovchi Otabek (ismi ozgartirilgan) tumandagi ozi rahbarlik qilib kelayotgan O.P fermer xojaligida traktorchi vazifasida ishlab kelgan ukasi Sanjar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fermer xojaligiga tegishli bolgan TTZ 8011 rusumli traktor tirkamasining old qismiga suniy ravishda ogirligini 670 kilogramga oshiruvchi moslama ornatgan. Bu haqda Jinoyat ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi Daryoga xabar berdi.

2018-yil paxta mavsumida O.P fermer xojaligida yetishtirilgan paxta xom ashyosini ukasi Sanjar bilan birgalikda, 2018-yil 19-sentabr kunidan 2018-yil 12-oktabr kunigacha ushbu traktor tirkamasining old qismiga suniy ravishda ornatilgan moslamadan foydalanib, Gurlan paxta tozalash AJga qarashli bolgan Paxta tayyorlov maskanida 44 marotaba tarozidan paxta otkazishib, buning oqibatida suniy ravishda 1 navli jami 29 480 kilogramm, bahosi 103401 000 somlik paxta xom ashyosini O.P fermer xojaligi hisobiga ortiqcha otkazilishiga erishgan.

Gurlan paxta tozalash AJning103401 000 som miqdordagi pul mablaglarini firibgarlik yoli bilan O.P fermer xojaligi hisobiga otkazilishiga erishganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan.

2019-yil 19-aprel kuni jinoyat ishlari boyicha Gurlan tuman sudining raisi B.Yakubovning raisligida otkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilar tomonidan jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar toliq qoplanganligi inobatga olinib, Ozbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi a bandi (firibgarlik) bilan Otabek va Sanjarlarga nisbatan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -